Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Isroil bugundan boshlab barcha mamlakatlar bilan parvozlarni tiklaydi
16.03.2021 08:23,  
68

Koronavirusni yengganini e’lon qilgan Isroil 16 martdan boshlab barcha mamlakatlar bilan parvozlarni tiklaydi, ammo «Ben Gurion» nomidagi aeroport kuniga uch ming kishidan ko‘p bo‘lmagan odamni qabul qiladi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, «RBK» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi, o‘z navbatida, aholi sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday parvozni bekor qilish huquqini saqlab qoladi.

«Ertadan boshlab yo‘lovchilarni tashish uchun qo‘yiladigan cheklovlar bekor qilinadi. Parvozlarni istalgan manzildan amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Reyslar soni kuniga 3000 kishilik ko‘rsatkich bilan amalga oshiriladi, Shuningdek, aeroportdagi ijtimoiy masofani saqlash qoidalari va test sinovlari majburiy bo‘ladi», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан