Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Isroil hukumati G‘azo sektoridagi HAMAS guruhi bilan sulh tuzish bo‘yicha qaror qabul qildi
21.05.2021 07:28,  
235

Isroil hukumati payshanba kungi yig‘ilishda G‘azo sektoridagi HAMAS guruhi bilan sulh tuzish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.

The Jerusalem Post ma’lumotiga ko‘ra, Isroil xavfsizlik masalalari bo‘yicha komissiya vakillari G‘azo sektori bo‘ylab zarbalarni to‘xtatish uchun bir ovozdan qaror qabul qilgan.

«Isroil xavfsizlik kabineti xavfsizlik xizmatining barcha vakillarining tavsiyasini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi […] Misrning o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha tashabbusi qabul qilindi», - deyilgan hukumat bayonotida. Isroil kabineti so‘nggi kunlarda olib borilgan kampaniya davomida Isroil «ulkan va bemisl yutuqlar»ga erishgani qayd etilgan.

Jurnalistlar ma’lumotiga ko‘ra, juma kuniga o‘tar kechasi soat 2:00da (Toshkent vaqti bilan soat 3:00) o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kiradi. HAMAS vakili ham Reuters muxbiriga, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi 21 may kuni soat 2:00da boshlanishini ma’lum qilgan. Ammo Isroil bayonotida sulh «keyinroq» boshlanishi aytilgan.

O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga Misr vositachiligida erishildi. The Jerusalem Post nashrining Misr xavfsizlik xizmatlaridagi manbasi xabar qilishicha, sulhning barcha detallari hali tayyor qilinmagan.

O‘t ochish to‘xtatilishi haqida e’lon qilinishi ortidan Isroil janubida trevoga sirenalari yangradi, bu G‘azo sektoridan yana raketalar uchirilganini anglatardi. Falastindagi nashrlar ham sektorga berilgan yangi aviazarbalar haqida xabar qildi.

Isroildagi vaziyat 11 kun muqaddam keskinlasha boshlagandi. Falastin tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtgacha sektorda tinch aholi vakillaridan kamida 232 kishi halok bo‘lgan, shundan 100 nafarga yaqini ayollar va bolalar. Isroilning tasdiqlashicha, halok bo‘lganlarning kamida 150 nafari HAMAS va «Islom jihodi» guruhi vakillari edi.

Isroilda raketa zarbalari tufayli qurbon bo‘lganlar soni 12 nafarni tashkil etgan, shundan ikki nafari bolalar. Odamlar soatlab panagohlarda o‘tirishga majbur bo‘lishdi, ularning ayrimlarining qaytishga joyi yo‘q edi - raketalar uylarni vayron qildi. Bunday holatlar Petax-Tikva, Ashdod va Ashkelon shaharlarida kuzatildi.

Xavfli soatlar

BBC’ning G‘azodagi korrespondenti Rushdi Abualufning xabar berishicha, sulh tuzilishi e’lon qilinishidan oldin tomonlar harbiy harakatlarni kuchaytirayotgandi.

Ниҳоят! Исроил ва ҲАМАС келишиб олди

G‘azo, 20 may tongi. Bu safargi harbiy amaliyot G‘azo sektori infratuzilmasiga so‘nggi yillardagi eng jiddiy zarar yetkazgan amaliyot bo‘ldi.

«Sulh e’lon qilinishidan oldingi so‘nggi bir necha soat hamisha eng xavfli pallalar bo‘ladi: isroilliklar intensiv tarzda aviazarbalar yo‘llab, falastinliklarni raketalar bilan o‘qqa tuta boshlaydi. Ikki tomon ham so‘nggi o‘qni o‘zi otganini namoyish etishni istaydi», degan u.

Avvalroq Isroil HAMASning o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifini e’tiborsiz qoldirgan, ammo mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahu «Devor muhofazasi» nomli harbiy amaliyot isroilliklarning to‘liq xavfsizligi ta’minlangunga qadar davom etishini aytib o‘tgandi.

O‘tgan tunda va payshanba kuni tongida ham G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketalar uchirilishi davom etgandi. Isroil aviatsiyasi esa HAMASning sektor shimolidagi infratuzilmalari bo‘ylab 100dan ortiq zarba bergandi.

Ниҳоят! Исроил ва ҲАМАС келишиб олди

Payshanba kuni Isroil armiyasi G‘azoni o‘qqa tutishda davom etdi

Axborot agentligi G‘azodagi Deyr-al-Balax va Xan-Yunis shaharlariga aviahujumlar oqibatida ro‘y bergan portlashlar haqida xabar bergan. Xabar qilishlaricha, Xan-Yunisda kamida beshta turar joy binosi vayron bo‘lgan. Shuningdek, G‘azodagi tijoriy hudud ham hujumga uchragan.

Isroilliklar qo‘mondonligining tasdiqlashicha, Xan-Yunisda HAMAS qo‘mondonlarining kamida uchta uyiga, Rafahda esa bitta shunday uyga hujum qilingan. Isroilliklarning so‘zlariga ko‘ra, ularning nishoni HAMAS harbiy infratuzilmasi, xususan, G‘azo shahridagi qurol omborxonasi bo‘lgan.

Isroilliklar qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, tonggi soatlarda guruhning ofislari joylashgan ikki bino vayron etilgan, shuningdek, bir qancha havo hujumidan mudofaa tizimlari va raketa uchiruvchi qurilmalar yo‘q qilingan.

«Assoshieyted press» agentligi payshanba kuni bir falastinlik halok bo‘lib, yana ikki kishi yaralangani haqida xabar bergan.

Ниҳоят! Исроил ва ҲАМАС келишиб олди

Isroilga Germaniya, Chexiya va Slovakiya tashqi ishlar vazirlari kelishdi, ularga falastinliklarning raketalari Tel-Avivdan 10 km masofadagi Petax-Tikve shahridagi uylarga qanday zarar yetkazgani namoyish etildi.

Ниҳоят! Исроил ва ҲАМАС келишиб олди

Germaniya tashqi ishlar vaziri Xeyko Maas va uning isroillik hamkasbi Gabi Ashkenazi Petax-Tikvedagi vayron bo‘lgan uyda

AQSh prezidenti Jo Bayden isroilliklar bosh vazirini G‘azodagi harbiy amaliyotni to‘xtatishga chaqirgan, ammo Netanyahu amaliyot ko‘zlangan maqsadga erishishi kerak degan fikrni bildirgan - u HAMASning harbiy infratuzilmasi yo‘q qilinishi va bu orqali uzoq muddatli tinchlikka erishish mumkin deb hisoblagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан