Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Isroil Misr va Iordaniyaga tabiiy gaz eksport qilishni boshladi
18.01.2020 14:47,  
250

2019 yili imzolangan shartnomaga ko‘ra, Isroil 15 yil davomida 19.5 mlrd dollar qiymatiga teng bo‘lgan 85 mlrd kub metr tabiiy gazni Misrga eksport qiladi.

TRTʼning xabar berishicha, bu haqda Isroil energiya vazirligi bayonot bergan. Unga ko‘ra, Isroil 2020 yil 15 yanvardan e’tiboran Misrga tabiiy gaz yubora boshladi. Xabarda aytilishicha, bu tashabbus ikki davlatning iqtisodiy manfaatlariga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, Isroildan yuborilgan gazning bir qismi Misrda suyuqlashtirilib, Yevropaga eksport qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil shu yilning 1 yanvarida esa, O‘rta yer dengizidagi gaz konidan qazib olingan tabiiy gazni Iordaniyaga eksport qilishni boshlagandi.

Ma’lumotga ko‘ra, Isroilga oid Tamar va Lotian neft ishlab chiqarish kompaniyalari Misrning Duyelfenos kompaniyaga tabiiy gaz eksporti uchun 15 yillik shartnomaga imzo chekkan. 2019 yili imzolangan shartnomaga ko‘ra, Isroil 15 yil davomida 19.5 mlrd dollar qiymatiga teng bo‘lgan 85 mlrd kub metr tabiiy gazni Misrga eksport qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан