Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Isroil-Xamas ixtilofi qanday boshlandi?
14.05.2021 15:58,  
715

Isroil va Xamas o‘rtasidagi ixtilof aslida hech qachon to‘xtamagan va to‘xtamaydi ham. U, shunchaki, keyingi yirik to‘qnashuv yuz bergungacha muzlatib qo‘yiladi, xolos. 

Tomonlar har besh-o‘n yilda yirik harbiy to‘qnashuvlarga kirib turadi. Masalan, 2014 yilgi oxirgi urush 50 kun davom etgan va unda uch mingga yaqin falastinlik, 75 isroillik halok bo‘lgan.

Tomonlar murosaga kelishi mumkinmi?

Bu imkonsiz. Birinchidan, Xamas Isroilni davlat sifatida tan olmaydi. Guruhning oliy maqsadi Isroilni yo‘q qilish va o‘rniga Falastin davlatini qurish. 

Ikkinchidan, Isroil va boshqa ko‘plab davlatlar, xususan, AQSh Xamasni terrorchi tashkilot deb e’lon qilgan. Shu bois Isroil Xamas bilan hech qachon muzokaraga kirmaydi.

Xamas o‘zi qanday guruh?

Xamas 1987 yil Falastin Ozodlik Tashkilotiga muxolif partiya sifatida paydo bo‘lgan. Uning siyosiy va harbiy qanotlari bor. Siyosiy qanoti 2006 yil Falastin qonunchilik organi uchun kechgan saylovda ko‘pchilik o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Shundan beri G‘azo sektorini boshqarib keladi.

Tashkilotning harbiy qanoti Isroilga qarshi kurash olib boradi.

Kanada, Yevropa Ittifoqi, Isroil, Yaponiya va AQSh Xamasni terrorchi tashkilot deb e’lon qilgan. Avstraliya, Yangi Zelandiya, Paragvay va Britaniya uning faqat harbiy qanotini terrorchi tashkilot deb biladi. 2018 yil BMT Bosh assambleyasi Xamasni terrorchi tashkilot deb topish haqida AQSh taklif etgan rezolyusiyani qabul qilmagan.

Isroil haqida ikki og‘iz

Isroil 1948 yil BMT rezolyusiyasi asosida tashkil etilgan davlat. Ungacha Isroil davlati bo‘lmagan; u egallab turgan barcha hududlar Falastin nomi ostida Britaniya nazoratida bo‘lgan. Britaniya Falastinni 1-jahon urushi davrida usmoniylardan tortib olgan. 

Mustaqil davlat talab qilayotgan yahudiylarning terror xurujlaridan to‘ygan Britaniya 1948 yil Falastinni tashlab chiqishga qaror qiladi. Shundan so‘ng BMT rezolyusiyasi asosida bu yerda yahudiy va arab davlatlarini tashkil qilish tavsiya qilinadi. Arablar bunga rozi bo‘lmaydi; ammo yahudiylar kuch ishlatib, BMT bergan hududlardan arablarni quvib chiqarib, o‘z davlatini tashkil etishga erishadi.

Arab-Isroil ixtilofi shundan beri mavjud. 1967 yil Isroil Misr, Iordaniya va Suriyaga hujum qilib, olti kun ichida ularing armiyalarini sharmandalarcha tor-mor etadi va G‘arbiy Sohil, Sharqiy Quddus, G‘azo sektori, Go‘lan tepaliklari va Sinay yarim orolini; xullas, butun Falastin hududini va Suriya hamda Misrning bir qismini bosib oladi. 

Shundan beri bu hududlar (Sinay yarimolidan tashqari) Isroil bosqini ostida. Shundan beri falastinliklar BMT rezolyusiyasida va’da qilingan o‘z davlatini amalda qura olmayapti.

BMT va dunyoning deyarli barcha davlatlari Isroilni bosqinchi sifatida tan olgan va undan 1967 yilda egallab olgan hududlardan chiqib ketishni talab qilib keladi. Bu haqda BMT tomonidan kamida 45 ta rezolyusiya qabul qilingan. 

Isroil bu rezolyusiyalarning birortasiga rioya qilmagan.

So‘nggi ixtilofning boshlanishi

Isroil bosqin ostidagi Sharqiy Quddusdan arablarni quvib chiqarish siyosatini uzoq yillardan beri davom ettirib keladi. Bunga oid so‘nggi mojaro Shayx Jarra mahallasida yuz berdi. Bir guruh arab oilalarini bu yerdan chiqarib yuborish haqida sud hukmi kutilayotgan paytda falastinliklar norozilik namoyishlarini boshlaydi.

 

To‘qnashuvlar kuchaygach, Isroil politsiyasi musulmonlar uchun dunyoda 3-eng muqaddas maskan bo‘lgan "Al-Aqso" masjidiga bostirib kiradi. Butun dunyo musulmonlarini larzaga solgan bu voqea ortidan Xamas Isroilga masjid hududini kechki soat oltigacha tark etish bo‘yicha ultimatum qo‘yadi. Aks holda hujumga o‘tishi haqida ogohlantiradi. Isroil bu talabga rioya qilmagach, Xamas raketa otishni boshlaydi. Bunga javoban Isroil ham G‘azoni bombalashga tushib ketadi.

Shu tariqa G‘azoda yana bir urush boshlandi...

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан