Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Isroillik professor o‘zbekistonlik talabalar uchun taqdimot o‘tkazdi
6.11.2019 10:04,  
61

Joriy yilning 4 noyabr kuni Isroil texnologiya institutining Materialshunoslik va muhandislik kafedrasi professori, kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Dan Shextman Toshkent kimyo texnologiya institutiga tashrif buyurdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dan Shextman 2004 yildan beri Ayova universitetining Eyms laboratoriyasida faoliyat yuritmoqda. Isroillik fizik va kimyogar “kvazikristal”larni kashf yetgani bois 2011 yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

Taniqli olim Toshkent kimyo texnologiya institutning yosh mutaxassislari, bakalavr, magistrant va doktorantlari uchun “Demografiya, texnologik tadbirkorlik va O‘zbekistonning kelajagi” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

Taqdimot davomida Dan Shextman olimlar mamlakat iqtisodiyotiga o‘z hissasini qo‘shishi uchun “texnologik tadbirkorlik” bilan shug‘ullanishlari lozimligini qayd etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан