Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Issiqxonaga noqonuniy ulangan gaz quvuri aniqlandi
9.03.2021 15:33,  
201

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan “Buxorotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “J.V.” MChJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli issiqxonani hech qanday hujjatlarsiz noqonuniy ravishda aholi xonadonlarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi yuqori bosimli gaz quvuriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, gaz ta’minoti korxonasi manfaatlariga 106,1 mln  so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan. Bu haqida Bosh prokratura departamenti xabar bermoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra ushbu issiqxonada noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz 1 oy davomida hududdagi 280 ta xonadonni uzluksiz gaz bilan ta’minlashga yetishi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан