Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Istanbul-Toshkent reysi bilan kelgan tojikistonliklar qidirilmoqda
19.03.2020 15:03,  
5342

Tojikistonda Istanbuldan Toshkentda uchib kelgan mamlakat fuqarolari qidirilmoqda. Ular ushbu samolyotda kelgan va keyinchalik koronavirus infeksiyasi aniqlangan o‘zbekistonlik bilan muloqot qilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Sputnik nashri xabariga ko‘ra, bu haqda Tojikiston bosh prokurori Yusuf Rahmon respublika parlamentining yuqori palatasi majlisida ma’lum qilgan.

Bosh prokurorning so‘zlariga ko‘ra, 15 mart kuni 10 nafar Tojikiston fuqarosi Istanbul-Toshkent reysi bilan kelgan. Ulardan 6 nafarining shaxsi aniqlangan va karantinga olingan.

Hozirda qolgan 4 nafar fuqaroni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан