Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Istanbulda yoqqan qor balandligi 20 santimetrga yetdi. Ta’lim muassasalari yopildi
15.02.2021 09:28,  
320

Istanbuldagi barcha ta’lim muassasalari shaharga tushgan kuchli qor tufayli 17 fevralga qadar yopiq bo‘ladi, dedi gubernator Ali Yerlikay. Istanbulning ba’zi hududlarida qor qoplamining balandligi 20 santimetrga yetdi, deya yozmoqda Ria Novosti.

"Kuchli qor yog‘ishi va bo‘ronli shamol davom etmoqda. Biz chorshanba kunigacha barcha ta’lim muassasalarimizda o‘qishni to‘xtatmoqdamiz", dedi gubernator bayonotida.

Noqulay ob-havo tufayli Bosfor orqali parom qatnovi to‘xtatildi. Aeroportlar normal rejimda ishlaydi, ammo ba’zi reyslar kechiktiriladi. Koronavirus pandemiyasi sababli joriy yakshanba kuni joriy etilgan komendantlik soati tufayli Istanbulda transportlar harakatida jiddiy tirbandliklar mavjud emas.

Sinoptiklarning fikriga ko‘ra, qor yog‘ishi besh kungacha davom etishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан