Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Iste’molchilarning huquqlarini buzgani uchun «Agrobank» va Xalq banki jarimaga tortildi
29.06.2020 12:35,  
902

Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar doirasida joriy yilning birinchi yarim yilligida «Agrobank» va Xalq banki faoliyatida bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilish holatlari aniqlandi.

Markaziy bank axborotiga ko‘ra, ushbu banklar tomonidan qonun talablariga rioya qilmagan holda, mijozlarning hisobvaraqlariga mablag‘ kiritib qo‘yganlik uchun komissiya to‘lovlari undirilgan, omonat shartnomasi shartlariga bank tomonidan bir tomonlama o‘zgartirishlar kiritish huquqi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, banklarning axborot stendlarida noto‘g‘ri va ahamiyatsiz (dolzarb bo‘lmagan) ma’lumotlar joylashtirilgan, kredit shartnomasi shartlariga amal qilmagan holda, kredit to‘lovlari bo‘yicha penyalar hisoblangan va boshqa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan. 

Shu munosabat bilan aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berish bilan bir qatorda ushbu banklarga nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан