Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Italiya hududlari ham avtonomiya talab qilmoqda
22.10.2017 17:41,  
5

22 oktyabr kuni Italiyaning ikki yirik viloyati Lombardiya va Venetsiyada muxtoriyat talabi bilan boshlangan referendum o‘tkazilishi lozim.

Venetsiya gubernatori Luka Dzayyaning aytishicha, hudud fuqarolarining xohish-irodasi “tarixiy imkoniyat” dir. Venetsiya aholisi anchadan beri muxtoriyat kengayishini talab qilib keladi.

Agar muxtoriyat talabgorlari ko‘pchilik bo‘lib chiqsa mahalliy hukumat Rim bilan muzokara olib boradi. Ularning talabi qondirilgan taqdirda Lombardiya va Venetsiyalar ta’lim, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda boshqaruv vakolatini qo‘lga kiritadi.

Lombardiya va Venetsiya Italiya shimolidagi boy viloyatlar sanaladi. Bu ikki hudud mamlakat yalpi ichki mahsulotining taxminan uchdan birini ishlab chiqaradi. Muxtoriyat qo‘lga kiritilsa, ishlab topilgan mablag‘ning ko‘proq qismi mahalliy byudjetga sarflanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан