Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Italiya mafiyasi vaksina tarqatilishi jarayonini qo‘lga olishga urinmoqda
12.01.2021 15:23,  
158

Italiya ichki ishlar vazirligi mamlakatdagi mafiya klanlari talab yuqoriligi bois vaksinalar tarqatilishi jarayoniga suqilib kirishga urinayotganidan ogohlantirdi.

Maxsus politsiya bo‘linmasi to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, inqiroz sharoitida kompaniyalarni qo‘llashga qaratilgan moliya resursalari hamda sayyohlik va savdo muassasalarini dezinfeksiyalash ishlarini mafiya o‘z nazoratiga olishga urinishi kuzatilgan. Endi esa jinoiy guruhlar koronavirusga qarshi vaksinani tarqatish ishlariga ham aralashishi xavfi tug‘ilgan.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab vaksinani tarqatish va saqlash harbiylarga topshirilgan.

Italiyada karantin davrida ko‘plab cheklovlarning joriy etilishi, xususan, tungi klublarning yopilishi mafiyaning xufiyona narkotiklar savdosiga jiddiy putur yetkazdi. Shuningdek, mafiya inqirozga uchragan kompaniyalarni arzon-garovga qo‘lga kiritishga urinishi borasida ham talay misollar bor: ayniqsa, jinoiy guruhlarni agrosanoat kompleksi, xususiy tibbiyot va turizm kompaniyalari, restoranlar ko‘proq qiziqtirmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан