Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Italiya: populistlar va koronavirus inqirozi
23.03.2020 10:50,  
748

Men Italiya bo‘yicha mutaxassis emasman, tadqiqotchi sifatida Italiyani umumiy rejimda kuzatib boraman. Ma’lumki, keyingi yillarda Italiyani o‘ng populistlar, millatchilar, yevroskeptiklar boshqarmoqda.

Populistlarning asosiy xususiyati – xalqqa yoqish uchun katta va chuqur muammolarga tez va yengil yechim taklif qilish, mas’uliyatni boshqalarga yuklash, xalqqa yoqmaydigan vazifalardan qochish hisoblanadi.

Hozir Italiya koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekayotgan davlat bo‘lib, o‘lganlar soni va aholiga nisbatan vafot etganlar ulushi bo‘yicha, dunyoda lider hisoblanadi.

Italiya bo‘yicha ekspertlarning aytishicha, koronavirus fojiasining bu qadar keng yoyilishiga populist hukumat aybdor. Hukumat vaqtida choralar ko‘rmagan, mutaxassislar fikrlariga quloq solmagan. Noprofessionallik qilgan, xalqqa yoqmaydigan, lekin, kerakli ishlarni qilmagan.

Natijada, koronavirus butun Italiya bo‘ylab juda keng tarqalib ketgan. Koronavirus inqirozi tugagach, dunyo bo‘ylab ko‘plab siyosatchilar, jumladan, Italiya populistlari ham nafaqat hokimiyatdan ketishadi, balki sud oldida javob berishlari ehtimoli yuqori degan fikrlar bor.

MAVZUGA DOIR: Koronavirus Italiyani yer tishlatdi: 1 sutkada qariyb 800 kishi qurbon bo‘ldi 

O‘tgan hafta Fransiyada munitsipal saylovlar o‘tdi, bu saylovni bekor qilmagani uchun Makronga ham katta zarbalar bo‘ladi. Mutaxassislarning fikricha, Rossiyada koronavirus inqirozi yanada katta bo‘lishi mumkin ekan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан