Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Italiyada ayol hakam qarshisida shortigini yechgan o‘yinchi futboldan chetlashtirildi
29.05.2019 17:22,  
35

Italiya futbol federatsiyasi ayol hakam qarshisida shortisini yechgan “Treporti” jamoasining 14 yoshli o‘yinchisini futbol faoliyatidan chetlashtirdi.

Tutto Calcio Catania xabariga ko‘ra, futbolchi surishtiruv ishlari yakuniga yetmagunga qadar maydonga tushish huquqidan mahrum qilingan. Bundan tashqari, futbolchilarning ota-onalari ayol hakamni haqorat qilganliklari uchun “Treporti” klubi 100 yevro miqdorida jarimaga tortilgan.

Kuni kecha Italiyaning “Treporti” va “Miraneze” o‘smir jamoalari o‘rtasidagi kechgan o‘yinda janjal yuzaga keldi. 14 yoshli futbolchi burchak zarbasini amalga oshirayotgan vaqtda ayol hakam qarshida shortisini yechdi. Bu ham kamlik qilgandan “Ko‘raylikchi, meni o‘yindan chetlatish uchun jasorating yetarmikan”, deya qichqirgan. Ushbu xatti-harakati sababli o‘yinchiga qizil kartochka ko‘rsatildi. Bu esa futbolchilar ota-onalarining g‘azabini qo‘zg‘adi.

O‘yin davomida 20 yaqin “Treporti” o‘yinchilarning ota-onalari hakamni haqorat qilishadi va qizga futbolning o‘rniga fohishalik bilan shug‘ullanishini taklif qilishadi.

Gazzettino ma’lumotiga qaraganda, mazkur o‘yinga 22 yoshli Juliyu Nikastro hakamlik qilgan. Nikastroga ruhiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан