Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Italiyada koronavirusni yuqtirib olganlar soni 474 kishiga yetdi
27.02.2020 15:22,  
124

Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 474 kishiga yetdi. Bu haqda TPI nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda koronavirus keltirib chiqargan kasllik tufayli vafot etganlar soni 12 kishiga yetgan.

Avvalroq Yevropaning Daniya, Ruminiya, Finlandiya, Estoniya kabi davlatlarida ham koronavirus bo‘yicha ilk holatlar qayd etilgani xabar berilgan edi.

Italiya yanvar oyining oxirida Xitoyga bo‘lgan barcha parvozlarni taqiqlab qo‘ygan edi. Biroq xitoylik sayyohlar mamlakatga uchinchi mamlakatlar orqali kelishda davom etishayotgan edi.

Avstriya koronavirus tarqalishi xavfi sabab Italiya bilan temiryo‘l aloqasini to‘xtatdi.

Italiyaning Veneto viloyati hududidagi barcha maktablar koronavirus tarqalishi xavfi tufayli yopildi.

Italiyada virus sabab bir qancha sport o‘yinlari va forumlar to‘xtatildi.

Shuningdek, Yevro-2020 koronavirus tufayli bekor qilinish yoki qoldirilish xavfi ostida qoldi.

Mavzuga doir: Italiya koronavirus iskanjasida (fotogalereya)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан