Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Italiyada shahar hokimi koronavirusga qarshi Qur’on o‘qitdi
19.04.2020 14:28,  
1771

Koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlardan biri bo‘lgan Italiyada, kasalliktan tuzalish va xalqni tushkun kayfiyatdan chiqarish uchun farqli dinga ishonuvchi insonlar birlashmoqda.

Italiyaning Sarpi shahrida amalga oshirilgan tadbirda, shahar xokimi va boshqa amaldorlar diniy ulamolar bilan birgalikda Martiri maydonida duo qilishdi.

“Bugun epidemiya sababli yuzaga kelgan og‘ir sinovlarni boshimizdan o‘tkazmoqdamiz. Bu uchun diniy va milliy ishonchlarga ega insonlar bilan birgalikda duo qilmoqdamiz. Haftalardir qo‘rquv ichida virusga qarshi qo‘llaridan kelgancha kurashayotgan barcha insonlar yolg‘iz emas“, — degan shahar hokimi Alberto Bellelli.

Virusdan halok bo‘lganlarni xotirlash va kasallikdan tez orada qutilish uchun imom Murad Selmi Qur’oni karimning Oli Imron surasini o‘qib duolari bilan tadbirga yakun yasadi.

Ma’lumot uchun, Italiyada koronavirusdan kasallanganlar soni 175 929 nafar, o‘lganlar esa 23 227 kishiga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан