Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Italiyada vaksina olmagan shifokorlarni ishdan bo‘shatish boshlandi
22.06.2021 15:35,  
80

Italiya hukumatining qarori bilan emlashdan bosh tortgan barcha tibbiyot xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tibbiyot muassasalariga 16 apreldan kechiktirmasdan yuborilishi kerakligi tasdiqlandi. Biroq, shifokorlar darhol emlanmasa ishdan bo‘shatila boshlandi.

Italiyada COVID-19 ga qarshi emlanmagan sog‘liqni saqlash xodimlari ishdan bo‘shatilmoqda, deya xabar qilmoqda Sky TG24 yangiliklar kanali. Italiyada aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash kampaniyasi 27 dekabrdan boshlangan bo‘lib, birinchi bo‘lib Rimdagi yuqumli kasalliklar milliy instituti xodimlari Lazzaro Spallanzani tomonidan emlanganishni boshlagan. Keyinchalik shifokorlarni va hamshiralarni emlash tezkor ravishda butun mamlakat bo‘ylab davom etayotgandi. 1 aprel kuni Italiya Vazirlar Kengashi COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha yana bir farmon qabul qilgan bo‘lib, unda mamlakatdagi barcha tibbiyot xodimlari uchun majburiy emlash ko‘zda tutilgandi.

Ushbu vazifani davlat va xususiy tibbiyot va ijtimoiy tuzilmalarga, shuningdek, dorixonalarda ishlaydigan sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislariga yuklatilgan edi. Hukumat qaroriga binoan, emlashdan bosh tortgan tibbiyot xodimiga boshqa ish taklif qilinishi mumkin edi. Kengashning qaroriga ko‘ra, bunday ishchilarni 2021 yil 31-dekabrgacha ish haqi to‘lanmasdan ishdan chetlashtirish ham mumkin deya ko‘rsatildi. Shuningdek, hukumat qarori bilan emlashdan bosh tortgan barcha tibbiyot xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tibbiyot muassasalariga 16 apreldan kechiktirmasdan yuborilishi kerakligi tasdiqlandi. Biroq, shifokorlar darhol emlanmasa ishdan bo‘shatila boshlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан