Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Italiyadagi O‘zbekiston fuqarolari ham ogohlantirildi
6.03.2020 16:38,  
254

Italiya hududida COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan O‘zbekistonning Rim shahridagi Elchixonasi huzurida Operativ shtab tuzildi va uning a’zolari vatandoshlar bilan muntazam ravishda muloqotda bo‘lib turilibdi.

MAVZUGA DOIR: Koreyadagi O‘zbekiston fuqarolari, ularning oila a’zolari va yaqinlari diqqatiga

Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik talabalar uchun Telegram messenjerida 2 ta guruh – «Nashi studenti v Italii» va «Tashkent-Torino-2019/2020»​ ochildi. Konsullik hisobida jami 866 ta fuqaro turadi.

Ma’lumot uchun: 2020 yil 6 mart holatiga ko‘ra, Italiyada O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirus yuqtirganlar qayd etilmagan.

Elchixonaning ma’lum qilishicha, Italiya tomoni bilan kelishilgan holda O‘zbekiston vazirlik va idoralari, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari delegatsiyalarining 20 dan ortiq safarlari keyinroqqa ko‘chirildi, Italiyaning qator yetakchi kompaniyalari vakillarining mamlakatimizga tashriflari qoldirildi.

MAVZUGA DOIR: Erondagi O‘zbekiston fuqarolari va ularning qarindoshlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Operativ shtab a’zolarining telefon ma’lumotlari:

Abdulaziz Abdug‘aniyev, Siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi

+390687775827; +393441124141

Munira Nizomova, Konsul, birinchi kotib

+390687775739; +393356080226

Doston Omonov, Attashe

+390687775724; +393358155529

Xushnud Ortiqov, “Uzbekistan Airways”​ AJning Italiyadagi vakili

+390642014811; +393476994402

Elchixonaning internet-resurslari:

Veb-sayt: http://italia.mfa.uz/

Elektron pochta: [email protected]

Facebook​'dagi sahifa,  telegramdagi guruhlar: «Nashi studenti v Italii» va «Tashkent-Torino-2019/2020»​

Elchixona manzili:

Ambasciata dell’Uzbekistan in Italia
Via Pompeo Magno 1, 00192 Roma

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан