Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bastakor Ennio Morrikone vafot etdi
6.07.2020 13:05,  
137

Italiyalik bastakor Ennio Morrikone 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Bastakor Rimdagi shifoxonada vafot etgan. U ilgari yiqilib tushganidan keyin kasalxonaga yotqizilgan edi. So‘nggi yillarda Morrikone jiddiy bel muammolariga duch keldi va davolanishga yotdi. 

Morrikone 500 dan ortiq filmlar va seriallarning musiqiy muallifidir. Ular orasida Serjio Leonening "Amerikada bir kun" (Once Upon a Time in America, 1984), Brayan De Palmaning "Qo‘l yetmaslar" (The Untouchables, 1987), Juzeppe Tornatorening "Paradizo yangi kinoteatri" (Nuovo Cinema Paradizo), Jorj Lotnerning "Professional" (Le professionnel, 1981) filmlari bor. 

Bastakor ko‘plab nufuzli mukofotlar va olti nominatsiya bo‘yicha "Oskar"ga sazovor bo‘lgan. U Amerika kino akademiyasidan birinchi mukofotni kino sohasiga qo‘shgan hissasi uchun 2007 yilda olgan. Ikkinchi "Oskar" unga 2016 yilda Kventin Tarantinoning "Yaramas sakkizlik" filmi uchun berilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан