Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ixtisoslashtirilgan va nodavlat arxivlar tashkil etiladi
17.07.2020 15:52,  
137

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “O‘zbekiston Respublikasining «Arxiv ishi to‘g‘risida» Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishga tayyorlanmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, amaldagi «Arxiv ishi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tugatilgan tashkilotlar hujjatlarini davlat arxiviga topshirilishi belgilangan. Bu esa, davlat arxivlarida Milliy arxiv fondi (doimiy saqlanadigan) hujjatlarning sifatli saqlanishiga, ya’ni saqlovxonalarda joy tanqisligi muammosini yuzaga keltirish bilan bir qatorda nodavlat arxivlarni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda.

Shuningdek, amaldagi Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlash huquqi berilgan ayrim vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlari arxivlari huquqiy maqomini belgilovchi norma mavjud emas.

E’tiborlisi, qonun loyihasiga kiritilayotgan normalar amaliyotdagi barcha muammolarni bartaraf etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Mazkur qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlash huquqi berilgan ayrim vazirlik va idoralar, tarmoq davlat fondlari hamda tashkilotlarda davlat ixtisoslashtirilgan arxivlarini tashkil etish belgilanmoqda.

Davr talabidan kelib chiqib, arxiv hujjatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratish, elektron bazalarni shakllantirish maqsadida tashkilotlar tomonidan arxiv hujjatlarini elektron nusxalari bilan topshirish normasi loyihaga kiritilmoqda. Shuningdek, tugatilgan tashkilotlar arxiv hujjatlarini tegishli arxivlarga, shu jumladan nodavlat arxivlariga ham topshirish belgilanmoqda.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi nodavlat arxivlarni rivojlantirish, hujjatlar yo‘qolishining oldini olish, fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini himoya qilish hamda davlat arxivlari o‘zlarining asosiy vazifalari, ya’ni Milliy arxiv fondi hujjatlarini sifatli jamlash, hisobini yuritish, saqlash va foydalanishga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан