Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Iyul oyida inflyasiya 0,3% ga pasaydi – Statistika qo‘mitasi
1.08.2020 12:31,  
72

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning iyul oyida O‘zbekiston iste’mol sektoridagi narxlarning o‘zgarishiga doir ma’lumotlarni e’lon qildi. Tegishli hisobot qo‘mita rasmiy saytida chop etildi.

Xabar qilinishicha, 2020 yilning iyulida iste’mol narxlari va tariflari darajasi iyun oyiga nisbatan o‘rtacha 0,3% ga pasaydi.

Shuningdek, narxlar yil boshiga nisbatan 4,3% ga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,4% ga oshgan.

2020 yilning iyul oyida yillik umumiy iste’mol narxlar indeksi (INI) o‘tgan oyning shu ko‘rsatkichiga nisbatan 0,2 punktga oshdi (114,2% dan 114,4% gacha). 

Shu bilan birga, o‘tgan yilning iyul oyiga nisbatan 2020 yilning iyul oyidagi natija 2019 yilning iyul oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,9 punktga baland bo‘ldi (114,4% ga qarshi 113,5%).

Bozorlarning yangi meva-sabzavot mahsulotlari hosili bilan to‘yinganligi sababli, ushbu tovarlar guruhi umumiy narxlarning pasayishiga olib kelib, natijada joriy yilning iyul oyida oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlari indeksi (INI) 98,7% ni tashkil etdi. 

Oy davomida nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlar narxlari mos ravishda 0,5% va 0,4% ga qimmatlashdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari narxi

Joriy yilning iyul oyida kuzatilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari asosiy guruhlaridan meva va sabzavotlar (o‘rtacha 7,9%) hamda tuxum (2,3%) narxlarining arzonlashganligi qayd etildi. Non mahsulotlari, yog‘-moylar narxlari esa aksincha 0,2%, sut mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar 0,1%, go‘sht, parranda go‘shti va baliq 0,4%, spirtli ichimliklar shuningdek, shakar, choy va boshqa mahsulotlar 0,2% ga qimmatlashdi.

Oy davomida umumiy ovqatlanish muassasalaridagi narxlar o‘zgarishsiz qolib, yil boshidan esa 6,2% ga ko‘tarildi.

2019 yil oxiriga nisbatan non mahsulotlari (11,7%) va tuxum (5,6%) narxlari sezilarli darajada qimmatlashdi.

Nooziq-ovqat mahsulotlar narxi

2020 yilning iyulida nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari oy davomida o‘rtacha 0,5% ga qimmatlashdi.

2019 yilning dekabriga nisbatan ushbu guruh mahsulotlari narxlari 4,1% ga, 2019 yilning iyuliga nisbatan 9,4% ga ko‘tarildi.

2020 yilning yanvar-iyul oylarida nooziq-ovqat mahsulotlarning o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati 0,6% dan iborat bo‘ldi.

2020 yilning iyulida nooziq-ovqat mahsulotlarning asosiy guruhlari orasida gugurt (4,2%), avtomobillar uchun yoqilg‘i (2,5%), qurilish materiallari (1,3%), shuningdek, dori-darmonlar va tamaki mahsulotlari (0,6%dan) narxlarining sezilarli darajada o‘sishi kuzatildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан