Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Iyun oyida O‘zbekistonning ishbilarmonlik muhiti sezilarli darajada yaxshilandi
3.07.2020 20:33,  
67

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) respublikaning barcha hududlaridan 998 ta korxonalar ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazdi. Bu haqda markaz axborot xizmati "sof.uz" ga ma’lum qildi.

So‘rovnoma shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlarning ishbilarmonlik kayfiyati «o‘rtacha darajada» ijobiydir, so‘rov shuni ko‘rsatdiki, biznesning hozirgi holat ko‘rsatkichi iyun oyida 30 punktni tashkil etdi (may oyida 15 punkt, aprelda - 26).

Iyun oyida respondentlarning 42 foizi o‘z bizneslarining holatini "qoniqarli", 41 foizi "yaxshi", 17 foizi "yomon" deb baholagan. So‘ralganlarning 35% fikriga ko‘ra, so‘nggi ikki yoki uch oy ichida biznesning holati yaxshilandi, 34% o‘zgarishlarni sezmagan, 31% esa yomonlashuvni qayd etgan.

64% korxonalarda oxirgi ikki-uch oy ichida ishchilar soni o‘zgarmadi, 22% ko‘proq ishchilar ko‘payganini aytdi, 14% ishchilar soni kamayganini qayd etdi.

35% respondent tovarlar va xizmatlarga talabning pasayganligini qayd etgan, 32% esa o‘zgarishlarni sezmagan va shu bilan bir qatorda talab o‘sganligini ham qayd etgan.

Tadbirkorlarning keyingi 2-3 oyda biznesni rivojlantirish istiqbollariga bo‘lgan umidlari yaxshilandi: indikator 74 punktni tashkil etdi (may oyida 30, aprelda - 43).

Ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi 51 punktni tashkil etdi (may oyida 22, aprelda - 35), ya’ni O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhiti yaxshi, deya xulosa qiladi ITIM. Yaqin ikki-uch oy ichida mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlanishni boshdan kechiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан