Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik yigit Izmaylovo bog‘ida zo‘rlab, o‘ldirib ketgan moskvalik ayol ishi bo‘yicha sud boshlandi
3.12.2019 14:54,  
514

Moskva shahar sudi shu yil may oyida Izmaylovo bog‘ida bir ayolni zo‘rlab, o‘ldirib ketganlikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosining ishini ko‘rib chiqyapti. Bu haqda “Moskva” axborot agentligi poytaxt prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Hodisa 2019 yil 28 mayda sodir bo‘lgan. 23 yoshli ayblanuvchi avval moskvalik ayolni zo‘rlab, keyin uning politsiyaga murojaat qilishidan qo‘rqib bo‘g‘ib o‘ldirgan va jinoyat joyidan berkingan.

Moskva shahar prokuraturasi 23 yoshli o‘zbekistonlikka nisbatan Rossiya Federatsiyasi JKning 131- (jinsiy zo‘rlash) va 105-moddalari (boshqa jinoyatni berkitish uchun qotillik qilish) bilan jinoiy ish ochilganini tasdiqladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан