Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JAC S3 va JAC S5 rusumidagi Qozog‘iston avtomobillari O‘zbekistonga yetkazib beriladi
29.01.2020 14:30,  
5390

JAC S3 va JAC S5 rusumidagi 766 ta Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan avtomobil O‘zbekiston bozoriga yetkazib beriladi.  Bitim qiymati 11,8 million dollarni tashkil etadi, deya xabar beradi Podrobno.uz muxbiri.

Mamlakatlar "SariarkaAvtoProm" birgalikda ishlab chiqarilgan avtomobillar eksportini oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar. 

"O‘zavtosanoat" kompaniyasi rahbari Shavkat Umurzoqov va "KazakhYexport"  eksport sug‘urta kompaniyasi boshqaruvi raisi Ruslan Iskakov Milliy avtomobil pavilonida Shevrole rusumidagi modellarni taqdimoti chog‘ida hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Hujjatda Qozog‘iston avtoulovlarining O‘zbekistonga eksportini moliyalashtirish uchun "KazakhYexport" moliyaviy sug‘urta vositalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.

766 ta avtomobilni yetkazib berish bo‘yicha birinchi bitim "Sberbank" orqali "KazakhYexport" eksport savdosini moliyalashtirish doirasida amalga oshirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан