Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahon Banki Farg‘ona vodiysi tadbirkorlariga 200 million dollar kredit beradi
25.03.2019 12:32,  
16

Jahon bankining Direktorlar kengashi Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 200 million dollar kredit berishni ma’qulladi, deb xbar qildi bank vakolatxonasi.

“Ushbu loyiha Jahon banki Direktorlar kengashi tomonidan ma’qullandi. U Jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro rivojlanish va taraqqiyot bankining 200 million dollar qarzi hisobidan amalga osh oshiriladi”, - deyilgan rasmiy xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu kredit Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida tadbirkorlikni amalga oshirish uchun texnik ko‘mak ko‘rsatish, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish  maqsadlarida ishlatiladi.

Kreditlar qishloq xo‘jalik, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va turizm sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan loyihalar uchun ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1995 yilda JB a’zosi bo‘lgan edi. Shu kunga qadar Jahon banki O‘zbekistonga 4 milliard dollar kreditlar ajratgan. Ushbu kreditlar hisobidan 36ta loyihalar amalga oshirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан