Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahon banki koronavirus bilan kurashish uchun $95 mln ajratadi
25.04.2020 13:19,  
109

Jahon banki COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashish va aholining kam ta’minlangan qismini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonga 95 mln dollar ajratishga qaror qildi.

«Jahon bankining moliyalashtirishi xalqaro rivojlanish bo‘yicha hamkorlar koalitsiyasi tomonidan tashkil etilgan aholini pandemiya xavfidan himoya qilishda hukumatga ko‘rsatilayotgan yordamning bir qismi sifatida taqdim etiladi», - dedi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori. «Hukumat, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), BMTning boshqa agentliklari, xalqaro moliyaviy institutlar, shu qatorda Jahon banki guruhi, ikki tomonlama yordam agentliklari va nodavlat tashkilotlar, shu jumladan Chegara bilmas shifokorlar ushbu og‘ir vaziyatda mamlakatni qo‘llab-quvvatlashda xayrixohlik bildirishmoqda».

Ushbu mablag‘ning 38 mln dollari milliy sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga sarflanadi.

Loyiha bo‘yicha $57 mln atrofidagi mablag‘lar kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ishsiz fuqarolarga bir martalik to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturlarini kengaytirish uchun sarflanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан