Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahon banki koronavirusga qarshi kurash uchun $12 mlrd ajratdi
4.03.2020 16:01,  
107

Jahon banki COVID-19 koronavirusga qarshi kurash uchun $12 mlrd ajratishga qaror qildi. Ushbu pullar epidemiyaning salbiy iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etishda davlatlarga yordam berish uchun ishlatiladi.

Moliyaviy yordam past va o‘rtacha daromadli davlatlarga grantlar va past foizli kreditlar ko‘rinishida ajratiladi.

Mavzuga doir: Singapur koronavirus bilan kurashish uchun $4.6 mlrd mablag‘ ajratdi

"Ushbu mablag‘ Jahon bankiga a’zo mamlakatlarga samarali choralarni ko‘rishga va iloji boricha COVID-19 oqibatida yuzaga kelgan fojiali ta’sirni kamaytirishga yordam berish uchun ishlab chiqilgan", — deyiladi Jahon bankining bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon bankining yillik yig‘ilishi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli bekor qilishga va uni virtual formatda o‘tkazishga qaror qilindi. Ushbu tadbirni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatildi va ilgari berilgan akkreditatsiya bekor qilindi.

JSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 90 870 nafarni tashkil qiladi. 3110 kishi virus sababli hayotdan ko‘z yumgan.

Mavzuga doir: Koronavirus tufayli Federal zaxira tizimi favqulodda foiz stavkalarini pasaytirishga tayyorlanmoqda

Mavzuga doir: Koronavirus tufayli jahon brendlari kapitalizatsiyasi $5 trlnga kamaydi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан