Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahon banki ma’lumot yig‘ishdagi xatoliklar sababli Doing Business reytingini e’lon qilishni to‘xtatdi
28.08.2020 19:05,  
24

Jahon banki (JB) har yilgi Doing Business (DB) reytingini nashr etishni ma’lumot to‘plashdagi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklar sababli to‘xtatib turishga qaror qildi. Xabar qilinishicha, tahlilchilar qoidabuzarliklar eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlar to‘g‘risida ilgari e’lon qilingan ma’lumotlarni tuzatishga tayyor.

«2017 va 2019 yil oktyabr oyida e’lon qilingan Doing Business 2018 va Doing Business 2020 hisobotlarida ma’lumotlar o‘zgarishi bilan bog‘liq bir qator qonunbuzarliklar mavjud. Ma’lumotlardagi o‘zgarishlar Doing Business metodologiyasiga to‘g‘ri kelmadi», - deyiladi bayonotda. Ma’lumotlarning yaxlitligini nazorat qilish va himoya qilish uchun ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilishning mustaqil auditi o‘tkaziladi. Aniq qanday qonunbuzarliklar bo‘lgani haqida xabar berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘tgan yili DB reytingida yetti qatorga ko‘tarilib, 76-o‘rinni egallagan edi. Yangi tahrirdagi reytingni tuzuvchilar elektr energiyasidan foydalanish, soliqlarni to‘lash va minoritar aksiyadorlarni himoya qilishni yaxshilashni hisobga oldilar. Oktyabr oyida e’lon qilinadigan reyting dunyo bo‘ylab biznes yuritish uchun sharoitlarni baholaydi.

Ilgari DB reytingi haqiqatdan chetda qolganligi uchun tanqid qilingan edi. Bu birinchi navbatda de-yure ko‘rsatkichlarini, ya’ni me’yoriy hujjatlarda belgilangan ko‘rsatkichlarni aks ettiradi, ammo ularning amaldagi bajarilishidagi farqni hisobga olmaydi, ularning samaradorligi turli mamlakatlarda sezilarli darajada farq qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан