Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish prognozlari o‘zgarganini ma’lum qildi
10.10.2019 00:10,  
664

Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha yillik hisobotini e’lon qildi. Unda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi bo‘yicha prognozlarini o‘zgartirdi.

Jahon banki tahlilchilari 2019 yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot o‘sishi 5,5 foizni tashkil etishini taxmin qilmoqda. Avvalroq, tahlilchilar 5,3 foizli o‘sishni taxmin qilishgandi.

2020 yilgi o‘sish 5,7 foiz (avvalgi prognozlarda 5,5 foiz edi)ni tashkil qiladi, 2021 yilgi iqtisodiy o‘sish prognozlari o‘zgarmagan: 6 foiz.

Ushbu o‘sishning asosiy sababi mamlakat eksport o‘sishi uchun yangi manbalarni topganligidir.

Tahlilchilarga ko‘ra, inflatsiya darajasi 2019 yilda 15.8 %ni, 2020 yilda 14.1 %ni tashkil qiladi. Mamlakatning tashqi qarzi o‘sishda davom etadi. Agar 2018 yilda bu qarz YaIMning 20,6 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda u 24 foizga, 2020 yilda 25,5 foizga o‘sadi va 2021 yilga kelib u 25,4 foizga tushadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан