Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahon banki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun 500 mln dollar qarz ajratadi
12.08.2020 10:24,  
94

Shavkat Mirziyoyev «Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qarorda Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihaning ustuvor yo‘nalishlari, mablag‘dan foydalanish sxemasi va tartibi belgilab berildi.

6 yilga (2020–2026 yillar) mo‘ljallangan ushbu loyihaga Jahon banki tomonidan 30 yil muddatga quyidagi shartlar asosida mablag‘lar ajratilmoqda:

- 10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 181 mln AQSh dollari miqdorida qarz;

- 10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 100 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit;

- 5 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 219 mln AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit.

Loyihaning umumiy qiymati 659,3 mln AQSh dollariga teng, ulardan O‘zbekiston ulushi – 159,3 mln AQSh dollarini, shu jumladan:

  • soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni to‘lash shaklidagi ulush – 124,3 mln AQSh dollarini;
  • - loyiha ishtirokchilarining (benefitsiarlar) ulushi esa 35 mln AQSh dollari ekvivalentini tashkil etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан