Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahon banki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 million dollar ajratadi
22.03.2020 21:04,  
248

Jahon banki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish uchun 500 million dollar beradi. Loyihani amalga oshirish qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati va assortimentini yaxshilaydi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlarda ishtirokini oshiradi.

Jahon bankining Ijroiya direktorlari kengashi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekistonga 500 million dollar miqdorida mablag‘ ajratishni ma’qulladi, deb xabar beradi Jahon bank o‘z veb-saytida.

Ushbu loyiha O‘zbekistondagi qishloq xo‘jalik ilmiy-tadqiqot institutlarini modernizatsiya qilish, amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish va mamlakatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan ilg‘or ishlanmalarni joriy etishga yordam beradi, deyiladi xabarda.

- O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning 30 foizdan ortig‘i qishloq xo‘jaligida yaratiladi. U jami ishchi kuchining 27 foizini yoki 3,6 millionga yaqin ishchilarni ish bilan ta’minlaydi va barcha eksport daromadlarining 25 foizini ishlab chiqaradi ”, - dedi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori. "Sohani modernizatsiya qilish qishloq joylarda yuqori maoshli ish o‘rinlarini yaratishga, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga va mamlakatning eksport daromadlarini oshirishga yordam beradi."

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан