Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahon Banki O‘zbekistonga 200 mln dollar taqdim etdi
1.05.2020 11:43,  
82

Jahon Bankining direktorlar Kengashi taraqqiyot siyosatini qo‘llab-quvvatlash operatsiyasi doirasida O‘zbekistonga qo‘shimcha 200 million dollar taqdim etish haqidagi qarorni tasdiqladi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar qildi.

Ushbu mablag‘ koronavirus (COVID-19) pandemiyasining aholi salomatligi, uning ijtimoiy farovonligi va mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan hukumat chora-tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Soliq tushumlarining keskin qisqarishi va hukumatning inqirozga qarshi kurash dasturi doirasida davlat harajatlarining kutilmaganda oshib ketishi sharoitida mazkur moliyaviy ko‘mak davlat byudjetini qo‘shimcha mablag‘ bilan ta’minlaydi.

«Jahon banki tomonidan taqdim etilayotgan qo‘shimcha moliyaviy resurslar O‘zbekiston hukumatining pandemiya tarqalishining oldini olish hamda uning aholi va milliy iqtisodiyotga ta’sirini pasaytirishga yo‘naltirilgan inqirozga qarshi dasturini amalga oshirishga ko‘maklashadi», - deya ta’kidlaydi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Hideki Mori.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан