Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan asli nigeriyalik futbolchilar. Abrahamdan tortib Bukayo Sakagacha
4.04.2022 20:18,  
416

Nigeriya 2022 yilgi  Jahon chempionatiga chiqa olmagani endi yangilik emas, ammo negiriyalik ayrim futbolchilar bundan mustasno. Bu haqda "Pulse sports" manbasi xabar berdi.

Qatarda nigeriyalik o‘yinchilar bilan maydonga tushadigan jamoalar bor.

Lagosda tug‘ilgan Arnaut Danjuma Gollandiyadagi debyutini 2018 yilda o‘tkazdi va uzoq tanaffusdan so‘ng o‘tgan yili jamoaga chaqirildi va Jahon chempionati saralash bosqichidagi uchta o‘yinda maydonga tushdi.

25 yoshli vinger joriy mavsumda «Villareal» safida barcha musobaqalarda 27 o‘yinda 13 ta gol va 4 ta golga assistentlik qildi.

Agar u Lui Van Gal  tomonidan tarkibga tanlansa, bu Danjuma uchun birinchi xalqaro turnir bo‘ladi.

Bukayo Saka

20 yoshli Bukayo Saka barcha musobaqalarda o‘nta gol va beshta golli uzatma bilan «Arsenal»ning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

U 2020 yilda debyut qilganidan beri Angliya terma jamoasida muntazam o‘ynab kelmoqda va «Uch sherlar» safida 14 o‘yinda 4 ta gol urdi va  yana shuncha golli uzatma bergan.

Daril Deyk

Daril Deyk 21 yoshli hujumchi Amerika Qo‘shma Shtatlari terma jamoasi safida sakkizta o‘yin o‘tkazib, xatto uch bora gol urishga ham erishgan.

Deyk endigina yanvar oyida «Vest Bromvich»ga kelib qo‘shildi, biroq oradan ko‘p o‘tmay jarohat oldi va hanuzgacha tuzalib mashg‘ulotlarga qatnashmayapti, agar u dekabrga qadar o‘z sport formasini tiklay olsa jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin.

Fikayo Tomori

Fikayo Tomori Angliya terma jamoasi safida bor-yo‘g‘i ikkita o‘yinga chaqirildi ammo «Milan» ning asosiy himoyachisi terma jamoada o‘yin o‘tkazmadi.

Garet Sautgeyt unga unchalik baho bermayotganga o‘xshaydi, ammo Tomori jahon chempionatida o‘ynamasligini hali ham tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, u Kanadada tug‘ilganini inobatga olsak balki u dekabrgacha terma jamoasini bemalol almashtirib yuborishi ham mumkin.

Manuel Akanji

Manuel Akanji Shveysariya terma jamoasining boshlang‘ich futbolchisi bo‘lib, 2022 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida Serbiya, Kamerun va Braziliyaga qarshi o‘ynaydi.

Akanji Shveysariya terma jamoasi safida 39 ta o‘yin o‘tkazgan, shundan 37 tasini asosiy tarkibda o‘tkazgan va Dortmundning «Borussiya» klubida ajoyib o‘yin o‘tkazgan.

Temmi Abraham

24 yoshli Temmi Abraham bu mavsumda «Roma» safida 23 ta gol urdi va ingliz hujumchilari soni bo‘yicha Garri Keyndan ortda qoldi.

Abrahamning formasi unga kutilmagan vaziyatlarda jahon chempionatida qatnashish imkoniyatini kafolatlashi kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан