Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahon mamlakatlari koronavirus bilan qanday kurashmoqda (Foto)
16.03.2020 11:30,  
899

O‘tgan haftada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Covid-19 koronavirusni pandemiya darajasida deb e’lon qildi. Hozirda ko‘plab davlatlar koronavirus epidemiyasini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirmoqdalar.

Qo‘shma Shtatlar Yevropadan vaqtincha kirishni taqiqladi, Fransiya va Turkiya ta’lim muassasalarida darslarni bekor qildi va Chexiyada esa bir oy davomida favqulodda holat rejimini joriy etildi.

O‘zbekiston 6 mamlakat fuqarolarining mamlakatga kirishini chekladi. O‘zbekistonda, Qozog‘istonda qator bayram tadbirlari bekor qilindi.

Dunyoning turli burchaklarida davlatlar koronavirus bilan qanday kurashmoqda. Quyida shu haqda:

Istanbuldagi Dolmabog‘cha saroyi dizenfeksiya qilinmoqda (Turkiya)

Foto: Umit Bektas / Reuters

 

Epidemiya boshlangan Xitoyning Uxan shahri ko‘chalaridagi dizenfeksiyalash jarayoni (Xitoy)

Foto: China Daily / Reuters

 

Musulmonlarning muqaddas ziyoratgohi Masjidul haram atrofi ham vaqtinchalik yopildi (Saudiya Arabistoni)

Foto: Amr Nabil / AP

 

Xoyandagi plyaj (Vetnam)

Foto: Koustav Samanta / Reuters

 

Jammu shahrida ko‘ngillilar tibbiyot niqoblarini tarqatishmoqda (Hindiston)

Foto: Aipal Singh / EPA / TASS

 

Minskda tibbiyot xodimlari ichida bemori bo‘lgan kapsulani olib ketishmoqda (Belarus)

Foto: Vasiliy Fedosenko / Reuters

 

Jakartadagi Istiqlol masjidi tozalanmoqda (Indoneziya)

Foto: Willy Kurniawan / Reuters

 

Sheremetevo ayeroportida Italiyadan kelgan yo‘lovchilarni tekshirish jarayoni (Rossiya)

Foto: Aleksandr Zemlyanichenko / AP

 

Karantin tufayli yopilgan to‘rt aholi punktidan biri Igualadadan kelish yo‘lini politsiya nazorat qilmoqda (Ispaniya)

Foto: David Ramos / Getty Images

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан