Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahonda koronavirus holatlari soni bo‘yicha yangi antirekord o‘rnatildi
11.07.2020 14:23,  
415

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) o‘tgan sutkada 228 COVID-19 holati aniqlanganini tasdiqladi - bu kunlik yangi antirekord sanaladi. Bir kun avval 204,9 ming yangi holat aniqlangan edi. Sutkalik o‘lim ko‘rsatkichi qariyb 5,5 ming kishiga oshgan. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 12 milliondan ortiq bemorda koronavirus aniqlangan, ulardan 551 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Koronavirus holatlari aniqlanish bo‘yicha dunyoning top-10 mamlakatlari, JSST versiyasiga ko‘ra:

  • AQSh — 3 million kishi;
  • Braziliya — 1,7 mln;
  • Hindiston — 793,8 ming;
  • Rossiya — 713,9 ming;
  • Peru — 312,9 ming;
  • Chili — 306,2 ming;
  • Buyuk Britaniya — 287,6 ming;
  • Meksika — 275 ming;
  • Ispaniya — 253 ming;
  • Iran — 250,4 ming.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusning epitsentri Shimoliy va Janubiy Amerika (6,2 mln. kishi zararlangan, 276 ming kishi vafot etgan), Yevropa (2,8 mln. zararlanish va 202 ming o‘lim holatlari) hamda sharqiy O‘rtayer dengizi (1,2 mln. kishi virusga chalingan, 29 ming bemor vafot etgan) mintaqalari sanaladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан