Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahongir Ortiqxo‘jayev: Birorta volontyor biror yolg‘iz qariyaning oyog‘ini yuvib qo‘yganini ko‘rganim yo‘q
18.11.2020 13:58,  
301

Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi, deya xabar qilmoqda shahar hokimligi matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan O‘zbekistondagi butun volontyorlarni yig‘ib Volontyorlar assotsiatsiyasi yoki federatsiyasi ochish taklifi bildirildi. Shahar hokimi ushbu taklifni chuqur o‘ylab, ko‘rib chiqish kerakligini aytdi.

«Tovar, pul olish, PayMe’dan pul o‘tkazib berish, kimnidir nimasiga olib borib borishga haddan tashqari volontyorlar ko‘payib ketmoqda. Bir narsani to‘g‘ri tushuninglar, sal shubhaga boryapman oxirgi paytlar. Volontyorlik kasbmi, haqiqatan yordam berishmi yoki bundan daromad olishmi? Farqiga yetolmayapman. Tushuntira oldimmi?

Volontyor tushunchasi nima degani? Ko‘ngilli ishchi degani. Lekin men bironta volontyorni uyda yotgan qariyani oyog‘iga tog‘oracha tutib sovunlab yuvib qo‘yganini ko‘rmadim. Sochini tarab qo‘yay, sochini yuvib qo‘yay, deyish mumkin, uyida yotgan ayollar bor. Hech shuni ko‘rganim yo‘q.

Hammasi sumka-sumka narsa olib tashlash bilan ovora. Buni bir ko‘rib chiqishimiz kerak. Volontyorlik xizmatlari bo‘yicha chuqur ko‘rib chiqishimiz kerak. Bu yengil o‘ylaydigan narsa emas», – deydi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан