Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahongir Ortiqxo‘jayev «Istiqlol» majmuasi qurilishi masalasida jamoatchilik bilan uchrashadi
13.02.2021 07:57,  
241

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlab, poytaxt markazidagi bog‘da quriladigan «Istiqlol» majmuasi masalasida jamoatchilik bilan uchrashadi.

Hokimlik xabariga ko‘ra, uchrashuv 13 fevral kuni soat 12:00da «Moviy gumbazlar» restorani yonidagi xiyobonda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, shahar hokimligi yangi majmua qurilishi uchun «Moviy gumbazlar» joylashgan bog‘ni tanlagani e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

Majmua loyihasi uchun tanlov e’lon qilingach, ko‘p o‘tmay bir guruh faollar bunga qarshi petitsiya boshlashdi. Onlayn petitsiyada 7 mingdan ortiq kishi ovoz bergan, bevosita 5 mingdan ortiq fuqarodan yig‘ilgan imzolar prezidentning Xalq qabulxonasiga topshirilgan.

Xiyobondagi barcha daraxtlar xatlovdan o‘tkazilgan. Hokimlik ular himoyaga olinishini bildirgan.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан