Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Nukus ikkinchi Toshkent bo‘ladi»
14.11.2020 21:58,  
384

Delegatsiya a’zolarining birinchi manzili O‘zbekiston shohko‘chasi bo‘ldi va bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Hozirgi vaqtda ko‘chadagi uy-joylarning mo‘rilari tartibga keltirilib, sirti zamonaviy materiallar bilan qoplanmoqda.

Shuningdek, fasad qismlari bo‘yalib, madaniy dam olish maskanlari, velosipedda harakatlanish uchun yo‘llar qurish joylari tayyorlanib, piyodalar yo‘liga bruschatkalar to‘shalmoqda. Kelajakda ushbu shohko‘cha bo‘yi odamlarning hordiq chiqaradigan, dam oladigan maskaniga aylanadi.

Delegatsiya Do‘stlik kanali bo‘yida ham bo‘lib, aholiga qulay dam olish va savdo o‘rinlarini qurish, ushbu hududni yanada ko‘rkam va fayzli qilish yuzasidan takliflarini bildirdi.

Nukus shahrining rekonstruksiya loyihasida Do‘stlik kanalida musiqa bilan harakatlanadigan, 35 metrgacha balandlikka otiladigan favvora qurish loyihalashtirilgan. Kanal bo‘yiga karusel ham quriladi. Kanal bo‘yi chinakamiga dam olish markaziga aylanadi.

Qayd etilishicha, shahardagi 34 gektar maydonga ega «Istiqlol» bolalar istirohat bog‘ida ham qo‘shimcha obodonlashtirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Delegatsiya a’zolari Nukusdagi Samsung va beton ishlab chiqarish korxonalarida ham bo‘ldi.

Nukus shahri hokimligi majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda Ortiqxo‘jayev Nukus shahrini ikkinchi Toshkentga aylantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berdi.

«Nukusga tadbirkorlarni olib keldik. Zamonaviy uylar quradi ular. 21 million dollarlik investitsiya kiritilmoqda. Barchasi odamlarning yaxshi hayot kechirishi uchun», – deydi Toshkent shahri hokimi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан