Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahongir Ortiqxo‘jayev: Toshkent shahar hokimligi binosida emas, katta angarda o‘tirishni xohlayapman
25.05.2021 19:31,  
592

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent besh tashabbus harakati doirasidagi yoshlar bilan uchrashuvda yoshlarga sharoit yaratib berish masalasini gapirib o‘tdi. Bu haqda ’’Darakchi.uz’’  xabar bermoqda.

– Tataristonga borganimda bir narsaga guvoh bo‘ldimki, u yerlarda katta-katta muzeylarda istirohat bog‘larida rahbarlar yosh-yosh kadrlar ekan. U yerda ishga, tajribaga qarab lavozimni taqsimlab berishmaskan. Tanlovlar o‘tkazib kadrlar saralab olinarkan. Bu model menga juda ma’qul bo‘ldi.

Bugun hokimlikda o‘tkazilgan yig‘ilishda shahrimizdagi teatr, maydon, bog‘larni, muzeylarni, madaniyat saroylarini qayta rekonstruksiya qilish, ularni jozibador qilish, yoshlarga sharoit yaratish, IT-mutaxassisi bo‘lgan yoshlar uchun ijaraga emas, bepul joylar ajratish, kovorking markazlarini yaratish masalasini ko‘rib chiqdik.  

Yaqinda bir model o‘ylab chiqdik. Unga ko‘ra, hokimlik ishchilari umuman hokimlik binosida o‘tirishi noto‘g‘ri deb hisoblaymiz. To‘g‘risini aytsam, o‘zim ham katta bir angarni ichida o‘tirishni xohlayapman. U yoshlar, umuman hammaning kirib chiqishi oson bo‘lgan joy bo‘lishi kerak, – dedi Ortiqxo‘jayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан