Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiydan keyin Toshkent shahri hokimi ham ishdan olinmoqdami?
12.11.2021 22:46,  
1763

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev egallab turgan lavozimidan ozod etilganii haqida xabarlar tarqaldi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtga amaldagi Bandlik va mehnat vaziri Nozim Husanov hokim etib, tayinlanishi mumkin.

«Mazkur xabarlarga izoh olish uchun Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati bilan bog‘langanimizda, ular bu ma’lumotni tasdiqlamadi» - deya xabar berdi «Qalampir.uz» nashri.

Qayd etish kerakki, Toshkent shahar (va viloyatlar) hokimi o‘zgarishi uchun amaldagi rahbar xalq deputatlari kengashi sessiyasida ishdan olinib, yangi nomzod ma’qullanishi kerak. Shundan so‘ng, Prezident farmoni bilan nomzod rasman lavozimga tayinlanadi.

Oldinroq, Navoiy viloyat hokimi  Qobul Tursunov iste’foga chiqqanligi haqida yozgan edik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан