Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahongir Ortiqxo‘jayev ham ta’tilga chiqishi mumkin
18.01.2021 14:31,  
166

O‘zbekistonda viloyat, shahar va tuman hokimlari birin-ketin mehnat ta’tiliga chiqib, salomatligini tiklayotgani haqida xabarlar bergan edik. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning rejalangan mehnat ta’tili qishdan bahor fasliga ko‘chirilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi- deb yozmoqda Qalampir.uz

Hokimlik axborotida Jahongir Ortiqxo‘jayevning aynan qachon va qancha muddat davomida ta’tilda bo‘lishi aytilmagan. U ta’tilni katta ehtimol bilan O‘zbekistonda o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev va Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosarlari hamda 15 nafar hududiy hokimlar davolanish uchun ta’tilga chiqdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан