Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda jamoat transporti uchun yo‘lning alohida qismini ajratish taklif qilindi
9.05.2020 18:17,  
444

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida jamoat transporti vositalari harakati uchun yo‘lning alohida yo‘lagini ajratish haqida petitsiya joylashtirildi.

Petitsiya muallifi Toshkent shahrida tirbandliklar ko‘p bo‘lishini hisobga olib, jamoat transportidan foydalanayotgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida jamoat transportlari, xususan, avtobuslar va yo‘nalishli taksilar uchun yo‘lning alohida ma’lum bir bo‘lagini ajratish kerakligini ta’kidlagan.

Bildirilishicha, tig‘iz vaqtda yo‘lakda harakatlanayotgan yengil turdagi avtomobillarga avtobus uchun yo‘l berish majburiyatini yuklash va buni DYHXX xodimlari yordamida tartibga solish lozim.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, jamoat transporti vositalari harakati uchun yo‘lning alohida yo‘lagini ajratishni taklif qilamiz”, — deyiladi murojaatda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан