Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jamoatchilik kengashi fuqarolarni umra borasidagi soxta xabarlardan ogohlantirdi
29.02.2020 17:31,  
968

O‘zbekiston Respublikasi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi matbuot xizmati fuqarolarni telegram kanalda chiqqan soxta xabarlardan ogohlantirdi.

Jamoatchilik kengashi quyidagi rasmda tarqalgan xabarni soxta, tekin reklama tarqatish va telegram kanali a’zolarini ko‘paytirish uchun tarqatilganligini bildirdi.

Foto: @hajumrauz

Xabarda, shuningdek, Umra xizmatlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan taqdim etilishi yana bir bor eslatib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 27 fevral kunidan boshlab Saudiya Arabistoni hukumati dunyo bo‘yicha keng tarqalayotgan yangi turdagi koronavirusning tarqalishining oldini olish maqsadida bir qator choralar ko‘rilganligi rasman ma’lum qildi.

Ya’ni, umraga keladigan ziyoratchilarning Saudiya Arabistoni mamlakatiga kirishi hukumat tomonidan vaqtinchalik taqiqlandi. Bundan tashqari, Saudiyaning “vakolatli sog‘liqni saqlash organlari tasnifiga muvofiq koronavirus tarqalishi aniqlangan” mamlakatlardan kelayotgan sayyohlarning podshohlikka kirishiga vaqtincha taqiq qo‘yildi.

Shuningdek, Uzbekistan Airways​ aviakompaniyasi ham 27 fevraldan Saudiya Arabistonining Jidda va Madina shaharlariga barcha reyslarni vaqtinchalik to‘xtatganini ma’lum qildi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан