Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jamshid Qo‘chqorov yilniing eng yaxshi moliya vaziri bo‘ldi
20.10.2019 13:42,  
427

Britaniyaning Global Capital nashri O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovni Sharqiy Yevropa va Osiyo hududida yilning eng yaxshi moliya vaziri deb atadi.

O‘zbekistonda, bir necha yillik iqtisodiy turg‘unlikdan so‘ng, prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan islohotlarni Jamshid Qo‘chqorov o‘zining ishonchli qo‘llari bilan hayotga tadbiq etmoqda, deb yozadi nashr.

O‘zbekiston moliya vaziri valyuta kurslarini erkinlashtirish, savdo cheklovlarini yengillashtirish hamda mamlakatni xalqaro obligatsiyalar bozoriga olib chiqish kabi muhim islohotlarni amalga oshirdi.

Undan tashqari qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdorini 15 %gacha kamaytirildi. Jamshid Qo‘chqorov aytishiga ko‘ra, ushbu choralar respublikada ko‘p bosqichli ishlab chiqarish zanjirini yaratishiga xizmat qiladi.

Natijada O‘zbekiston YaIMi so‘nggi yilllarda barqaror 5% dan yuqori o‘sish darajasiga ko‘tarildi, deyilgan nashr xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан