Afg‘oniston sharqidagi Jalolobod shahridagi qamoqxonaga jangarilar tomonidam qilingan hujum natijasida 20 kishini o‘ldirdi, yana 85 kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy 1TV telekanali xabar qildi.
Hujum uchun javobgarlikni "Islom davlati" xalqaro terror tashkiloti o‘z zimmasiga oldi.
Nangarhar viloyati gubernatori matbuot kotibi Attaulloh Xogyaniyning so‘zlariga ko‘ra, hujum paytida mahbuslar qamoqxonadan qochib ketishgan, ammo 700 kishi asirga olingan va olib kelingan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida tinch aholi va xavfsizlik xizmati xodimlari bor. O‘t ochish paytida xavfsizlik xodimlari besh jangarini o‘ldirdi.