Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Janubiy Koreya ilk harbiy sun’iy yo‘ldoshini uchirdi
21.07.2020 17:17,  
202

Janubiy Koreyaning o‘zining yadroviy qo‘shnisi Shimoliy Koreyaga qarshi mudofaa qobiliyatini oshirish maqsadida birinchi harbiy aloqa sun’iy yo‘ldoshini fazoga uchirdi. 

Janubiy Koreyaning Mudofaani qabul qilish dasturi ma’muriyati (DAPA) seshanba kuni qilgan bayonotiga ko‘ra, ANASIS-II sun’iy yo‘ldoshi AQShning Florida shtatidagi Keyp-Kanaveral havo kuchlari stansiyasidan 20 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da uchirilgan.

Milliarder Ilon Maskga tegishli bo‘lgan SpaceX xususiy raketa kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh ko‘tarilgandan 32 minut keyin muvaqqiyatli uchganini tasdiqladi.

Hozir Janubiy Koreya harbiy-aloqa sun’iy yo‘ldoshiga ega bo‘lgan dunyodagi 10 mamlakatdan biriga aylandi.

Janubiy Koreya armiyasi sinovdan so‘ng ushbu tizimni oktabrda o‘z boshqaruviga oladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан