Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Janubiy Koreya o‘zbekistonlik migrantlar uchun kvotalarni oshirdi
21.03.2019 13:18,  
19

Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi O‘zbekiston fuqarolari 2019 yil uchun kvotalar sonini oshirdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.

Kvota o‘tgan yilga qaraganda 100 kishiga ko‘paytirildi va endilikda 3200 kishini tashkil etadi.

Qabul qilingan kvotani to‘liq qoplash uchun 4980 kishilik murojaat etuvchilar ro‘yxatini (sanoat sohasida 4800 kishi, xizmat ko‘rsatish sohasida 180 kishi) tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu ro‘yxatdan 3200 kishi Koreya Respublikasida ish bilan ta’minlanadi.

Hozirda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida imzolangan Anglashuv memorandumiga muvofiq O‘zbekiston fuqarolarini Koreyada ish bilan ta’minlash bo‘yicha jiddiy ishlar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2003 yil 16 avgustda Koreya Respublikasida “Xorijiy fuqarolarni ishga yollash to‘g‘risida” qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra, 2004 yilda chet elliklar uchun sanoat ta’limiga parallel ravishda chet elliklarni “erkin ishga yollash” tizimi joriy etilgan.

2018 yil holatiga ko‘ra, ushbu tizim a’zolari safiga 16 mamlakat, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi ham kiradi.

Ushbu tizimda Koreya mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan teng huquq va kafolatlar xorijlik ishchiga koreyalik ishchi bilan bir qatorda beriladi.

“Erkin ishga yollash» tizimining asosiy omillaridan biri shundaki, Koreya hukumati chet ellik ishchilarni jalb qilish jarayonini tartibga soladi va ishchilarni tanlash faqat bevosita koreys ish beruvchilari tomonidan amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан