Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Janubiy Koreya O‘zbekistonga 1 million dollarlik tibbiy vositalar yubordi
27.04.2020 10:47,  
165

Bortida Koreya Respublikasi tomonidan taqdim qilingan umumiy qiymati 1 million dollarga teng tibbiy vositalar bo‘lgan maxsus samolyot Toshkentga yetib keldi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda umumiy og‘irligi 34 tonna bo‘lgan yuk shakllantirildi.

Bundan tashqari, Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ajratilgan 250 ming dollar miqdoridagi mablag‘ evaziga koronavirusning O‘zbekiston Respublikasida tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida 20 ming to‘plamda PSR diagnostika test tizimlari xarid qilindi.

Bugun, 26 aprel kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining charter reysi orqali umumiy og‘irligi 6,2 tonna bo‘lgan yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunalar, avtomat mexanizmli tibbiy karavot va PSR diagnostika test tizimlaridan iborat yukning birinchi qismi mamlakatimizga olib kelindi.

Olib kelingan qimmatli yuk tarkibiga hamkor Janubiy Koreya hukumati moliyaviy ko‘magida xarid qilingan 20 mingta test tizimi, shuningdek, mamlakat tadbirkorlari tomonidan taqdim qilingan 50 ta avtomatik boshqariladigan ko‘p funksiyali tibbiy karavot, 4 mingta maxsus tibbiy himoya kiyimi, 10 ming juft sterillangan qo‘lqop, 10 ta ko‘p funksiyali monitor kiritilgan. Bundan tashqari, ultratovush tadqiqoti (UTT) uchun zarur jihozlar, kardiomonitorlar, shpritslar uchun ishlatiladigan infuzion nasoslar, havoni tozalash apparati ham bor.

Insonparvarlik yordami Janubiy Koreya hukumati, Shinxan universiteti va mamlakatning “Evergreen Motors”, “Shindong Resources”, “Hanshin E&C”, “Chung Hospital”, “Union Korea Pharm”, “BOMI E&C”, “GM Korea”, “UNICO Logostics”, “Century”, “Baraka Holding”, “Tashkent Trade Center”, “Hyundai Engineering” kabi kompaniyalari, tibbiy muassasalari, savdo markazlari va yurtimizda faoliyat yuritayotgan firmalari tomonidan taqdim etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан