Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Janubiy Koreyada koronavirusga chalingan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berildi
16.03.2020 20:38,  
2079

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi axborotiga ko‘ra, Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallangan O‘zbekiston fuqarosi karantinga joylashtirildi. Hozirda u o‘zini yaxshi his qilmoqda va yaqinlarini bezovta qilmaslik uchun o‘z ismini aytmaslikni so‘ragan.

Tibbiy muassasa bergan ma’lumotga ko‘ra hafta oxirigacha u yana bir qancha nazorat tibbiy ko‘rigidan o‘tadi va shundan so‘ng unga kasalxonadan javob berishi mumkin.

Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda O‘zbekistonning Seul shahridagi Elchixonasi huzuridagi Operativ shtab a’zolariga murojaat qilishlari mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada 8236 kishi koronavirusni yuqtirib olgan, shulardan 1337 kishi sog‘ayib ketgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан