Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi zavodda olgan jarohatidan vafot etdi
8.01.2019 01:22,  
5

2 yanvar kuni Janubiy Koreyaning Yongnam shahridagi DHMC zavodida ishlagan O‘zbekiston fuqarosi Sharofiddin Choriyev (1995 y. t.) bosh miya jarohatidan vafot etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi ma’lumotiga tayanib xabar qildi.

The Korea Times gazetasining yozishicha, hodisa o‘tgan chorshanba kuni kechqurun kemasozlik zavodida sodir bo‘lgan. Mahalliy politsiya ma’lumotiga ko‘ra, qurilayotgan kema korpusining orqa qismiga payvandlangan 200 kilogramlik metal to‘sin tushib ketib, ishchining boshiga urilgan.

TIVning qayd etishicha, Sharofiddin Choriyev Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi migratsiya masalalari bo‘yicha agentligi orqali Koreya Respublikasiga ketgan.

Ayni vaqtda sud-tibbiy ekspertiza bo‘yicha tadbirlar olib borilmoqda. O‘zbekiston elchixonasi marhumning jasadini vataniga jo‘natish uchun o‘limni rasmiylashtirishda ko‘maklashmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан