Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Janubiy Koreyada yog‘ingarchilik tufayli 12 kishi halok bo‘ldi
4.08.2020 13:40,  
186

To‘rt kun ichida Koreya Respublikasida kuchli yog‘ingarchilik natijasida suv toshqini va ko‘chkilar qurbonlari soni 12 kishini tashkil qildi, yana 14 kishi bedarak yo‘qolgan, yetti kishi jarohatlangan. Bu haqda seshanba kuni tabiiy ofatlar va falokatlarga qarshi kurashish bo‘yicha markaziy shtab ma’lum qildi.

Halok bo‘lganlar orasida Seulning bir fuqarosi, Kyongido provinsiyasining yetti fuqarosi va Chxunchxon-Pukto provinsiyasining to‘rt nafar aholisi bor.

Mamlakatda 600 dan ortiq turar-joy binolari vayron bo‘lgan, 5 ming gektardan ortiq qishloq xo‘jalik yerlari suv ostida qolgan. Mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha milliy daraja 2 avgustdan beri eng yuqori - uchinchi darajaga ko‘tarildi. Seulda Xan daryosi ustidan o‘tadigan yo‘llar va ko‘priklarda transport harakati qisman to‘xtatilgan.

Dushanba kuni Koreya Respublikasi Bosh vaziri Chon Se Gyun mamlakat aholisini iloji boricha ko‘chalarda qolmaslikka chaqirdi. Shuningdek, u kommunal xizmatlar va favqulodda vaziyatlar xizmatlariga doimiy ravishda hushyor bo‘lishni buyurdi. Favqulodda vaziyat tufayli prezident Mun Chje In ta’tilini erta to‘xtatdi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан